Bizning Instagram
UZ
Bizga yozing
Shahar: Toshkent, Chilonzor tumani, Chaponota ko'chasi, 6/2
Ish vaqti: 24/7
Qo'ng'iroqni so'rash
uz

Nega bizning LOR bo‘limimiz tunu kun va dam olish kunlarisiz ishlaydi?

LOR (quloq-burun-tomoq) kasalliklari ko‘pincha kechqurun va tun paytida kuchayadi. Ayniqsa, bolalarda kuzatiladigan laringit, shuningdek, gaymorit va tashqi otit kabi kasalliklar bunga misol bo‘ladi.

Shu va boshqa LOR organlariga aloqador kasalliklar paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish zarur.

TTD klinikasining Yunusobod filialida sizni kunu tun, istalgan vaqtda yuqori malakali mutaxassis qabul qiladi, kerakli muolajalarni o‘tkazadi va davolashni belgilaydi. Bu esa sog‘ayish jarayonini tezlashtiradi va kasallikning kechishini yengillashtiradi.
Made on
Tilda